Shahrisabz tumanidagi 33-oilaviy poliklinika binosi to‘liq kapital ta’mirlanib, aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega muassasa sifatida qayta foydalanishga topshirildi. (https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi)
🗞1985-yilda qurilgan ushbu tibbiyot muassasasi tubdan rekonstruksiya qilinib, yangi jihozlar, shinam va qulay xizmat xonalari hamda zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlandi. Bugungi kunda poliklinika kuniga 150 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, 6 ta mahallada yashovchi 18 900 aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.
Tadbirda tuman hokimligi va sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari, mahalla faollari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar poliklinikada tibbiy xizmatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, aholining salomatligini yanada yaxshilashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Comments are closed here.