Shundan tibbiy-ko’rikka kelgan 415 nafar fuqaroga markaz shifokorlarining tavsiyalari berilib, 415 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.
👨⚕️ 5 nafar bemorga Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga, 8 nafar fuqaroga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, 1 nafar bemorga viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasiga va 2 nafar fuqaroga respublika darajasida bepul davolanish uchun yo’llanma (order) berildi.
💊 Shuningdek, 14 nafar fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan bepul dori-darmon ajratildi. 7 nafar bemor tuman shifoxonasiga stasionar davolanishga yo’naltirildi. Qolgan murojaatlar mas’ullarga tegishli tartibda o’rganishga yo’naltirildi.



Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati