Manzil

O’zbekiston ko’chasi 87 uy

Telefon

+9989 (75)552-10-21

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq hayriya hashari doirasida G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi hamda unga qarashli davolash-profilaktika muassasalari jamoalari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol olib borilmoqda.
Hashar davomida muassasalar hududlari tartibga keltirilib, tevarak-atrof tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, yo‘laklar oqlanib, hududlar yanada obod va ko‘rkam holga keltirildi.

Bunday ezgu tadbirlar atrof-muhitni yanada obod qilish, tibbiyot muassasalari hududlarini ko‘rkam va ozoda saqlashga xizmat qilmoqda. 🌿