G'uzor shahri, O'zbekiston ko'chasi 87 uy

Tibbiyotni raqamlashtirishda Qashqadaryodagi holat tahlili

Barcha sohalar qatorida tibbiyot tizimini raqamlashtirish bugungi kun talabi. Shu bois mamlakatimizda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni chog‘da bu jarayonlar mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, chuqur tahlil qilib borilayotir.
📌 Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligi zalida videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi soha rahbarlari ishtirokida ayni shu masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
📍 Tadbirda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarining shu yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosarlari joylardagi studiyalar orqali ishtirok etdi.
💬 Ta’kidlanganidek, Qashqadaryo viloyati tizimni raqamlashtirish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
❗️Raqamlashtirish va sug‘urta mexanizmini joriy etish bo‘yicha 2024 yili Prezidentning 2 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 3 ta qaror va farmoyishi qabul qilingan bo‘lishiga qaramay, viloyatdagi ahvol yaxshi emas.
🖥 DMED axborot tizimi joriy etilgani holda, xodimlarning undan foydalanish darajasi qoniqarsiz ahvolda. Masalan, mart oyi davomida viloyat boyicha 2041 nafar bemor qabul qilingan bo‘lib, barchasi “navbatda” statusida qolib ketgani achinarlidir.
🔎 Aslida, muassasalarda imkoniyatlar ham, kompyuterlar ham yetarli. Ammo AKT mutaxassisi va IT-hamshiralari vazifasiga mas’uliyat bilan yondashmagan. Poliklinikalarda aholi uchun tartibli navbat tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.
🔴 Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida DMED axborot tizimi mavjud, biroq xodimlar undan talab darajasida foydalana olmayapti. Kassa va dorixona moduli ishlashida muammolar bor. Muassasa poliklinikasida elektron navbat joriy qilinmagan.
🕯Viloyat bo‘yicha 1905 ta komyuter mavjud bo‘lsa, shundan 135 tasi ta’mirtalab ahvolda.
🔴 Respublika tez tibbiy yordam markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetoligiya ilmiy-amaliy markazi, respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi, respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologuya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Nishon, Shahrisabz va Gʻuzor tumanlari rahbarlariga bir oy muddatda namunali holatga keltirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
➕ Yig‘ilishda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida to‘liq lokal tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilmagani qayd etildi.
➕ O‘rganishlar davomida viloyat tibbiyot muassasalarida axborot tizimi joriy etilgani, biroq undan foydalanishda muammolar borligi aniqlandi. Masalan, qator tuman va shaharlar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda oilaviy poliklinikalari IT hamshiralariga ustama to‘lash tizimi hali ham tatbiq etilmagan.
✔️ Tadbirda viloyatdagi ijobiy holatlar ham ko‘rsatib o‘tildi.
⁉️ Yig‘ilishda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Comments are closed here.

Onlayn murojaat

Tezkor qulay online murojaatlar bemorlar uchun

Call Us 75 551 10 21