O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan grant tanlovida g‘olib bo‘lgan “EKOSAN” ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondining Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan “Zamonaviy tibbiyot – xavfsiz hayot kafolati” nomli loyiha amalga oshirildi.
Mazkur loyiha doirasida G‘uzor tumani Xo‘jaguzar mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni yuqori sifatli sterilizatsiya qilish imkonini beruvchi zamonaviy avtoklav uskunalari yetkazib berilib, foydalanishga topshirildi.
🔹 Endilikda tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi bemorlarga yanada xavfsiz, samarali va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
