Mail Us

Info@domain.com

Call Us

(+021) 2336 278

1976-yilda tug‘ilgan bemor J.A. yo‘l-transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruvlarda o‘ng boldir suyagining ochiq, parchalangan sinishi, chap tizza qopqog‘ining parchalangan sinishi aniqlangan.

Shundan so’ng bemorda «Chap tizza qopqog‘iga ochiq usulda MO‘SK» operatsiyasi va «O‘ng boldir suyaklariga Ilizarov apparati yordamida yopiq usulda MO‘SK» operatsiyasi amalga oshirildi.

Ushbu amaliyot Respublika Shoshilinch tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filiali jarrohlarining G‘uzor tumanida o‘tkazilayotgan master-klass doirasida bajarildi.

Tibbiyot tizimining joylarga chiqib ishlashi — aholi uchun katta qulaylik yaratmoqda va shifokorlar tajribasini oshirishga erishilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati