Manzil

O’zbekiston ko’chasi 87 uy

Telefon

+9989 (75)552-10-21

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari G`uzor tumanining olis hududi hisoblangan “Obihayot” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tingladi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, aholi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, viloyatning ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalaridan jalb etilgan malakali shifokorlar tomonidan 314 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

🩺 Ko‘rik natijalariga ko‘ra:
🔹 62 nafar fuqaroning sog‘lig‘ida turli kasalliklar aniqlanib, ularga zarur tavsiyalar berildi;
🔹 Qo‘shimcha tekshiruv va davolanishga muhtoj bo‘lgan 6 nafar bemorga viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.

Qashqadaryo VSSB Matbuot xizmati