Xirurgiya bo’limi
Xirurgiya (yun. cheir — qoʻl va ergon — harakat, ish), jarrohlik — tibbiyotning bir sohasi. Xirurgik operatsiyalarni talab etadigan kasalliklarni oʻrganadi hamda operatsiya qilish usullarini ishlab chiqadi.
Rivojlanish bosqichlari
- Qadim zamonlardan antiseptika davrigacha (1860)
- Antiseptika davri (1860—1890)
- Aseptika davri — hozirgacha davom etmoqda.
Xirurgiya (yun. cheir — qoʻl va ergon — harakat, ish), jarrohlik — tibbiyotning bir sohasi. Xirurgik operatsiyalarni talab etadigan kasalliklarni oʻrganadi hamda operatsiya qilish usullarini ishlab chiqadi. Qadimdan odamlar oʻzoʻziga yoki bir-birlariga yordam berib, jarohatdan oqayotgan qonni toʻxtatish uchun jarohatni bosib turish, yaralarga kul sepish kabi oddiy usullardan foydalanganlar. Qad. qazilmalarda bosh suyak chanogʻi trepanatsiyasi, oyoq amputatsiyasidan keyingi izlar topilgan. X. dastlab fan va madaniyati rivojlangan davlatlar (Misr, Hindiston, Yunoniston, Xitoy, Vizantiya) da shakllangan. Mil. av. ham kasalliklarni davolashda qon chiqarish, qovuqsan toshlarni tushirish operatsiyalari oʻtkazilganligi qayd etilgan. Gippokrat (mil. av. 460—377 yillar) jarohatlarni birlamchi va ikkilamchi bitishini kuzatgan, turli bogʻlovlarni qoʻyish texnikasini ishlab chiqqan, operatsiyani oʻtkazishda tozalikka rioya qilish maqsadida qaynatilgan yomgʻir suvidan foydalangan. U ishlab chiqqan plevra boʻshligʻini drenajlashda qoʻllaniladigan qovurgʻa rezeksiyasi operatsiyasi hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.