Ginekologiya bo’limi
Klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi.
Tarkiblari
- Tug’ruq holati
- Homiladorlar hastaligi
- Og’riqsizlantirish
- Intensiv davolash
- Laboratoriya
Ginekologiya (yun. gynaikos — ayol va …logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash yoʻl-yoʻriqlarini ham oʻrganadi. Umumiy va xususiy G. farq qilinadi. Umumiy G. ginekologik kasalliklarning simptomlari, tashhisi, ularning oldini olish va davolash; xususiy G. esa ayollar jinsiy sistemasining ayrim kasalliklari, ularning oʻziga xos jihatlari va belgilari, tashhisi, oldini olish hamda davolashni oʻz ichiga oladi. G. akusherlik bilan chambarchas bogʻlangan.