Reanimatsiya bo’limi
Reanimatsiya (re… va lot. animatio — jonlantirish, tiriltirish) — klinik oʻlim holatidagi (qarang Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan funksiyalarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui.
Alomatlar
- Nafas olish qiyinlashishi
- Yurak faoliyati to’xtashi
- Qon aylanishi yomonlashishi
- Ko’pincha «Intensiv terapiyava yoki intensiv davolash deyiladi»
Reanimatsiya (re… va lot. animatio — jonlantirish, tiriltirish) — klinik oʻlim holatidagi (qarang Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan funksiyalarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati toʻxtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini taʼminlay olmay qolgan hollarda R. qoʻllaniladi. R. masalalarini reanimatologiya oʻrganadi. Reanimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suvelektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan soʻng aʼzolar funksiyasini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga krbiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. R. tadbirlarini ogir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, boʻgʻilish, suvga choʻkish, termik kuyish, sovqotish va h.k.dan oʻlayotgan vaqtda qoʻllash lozim.