G’uzor tuman tibbiyot birlashmasi. Stasionar bloki; Jami 325 o‘ringa mo’ljallangan bo’lib budjet o’rinlar soni 295 tani tashkil etadi. Bulardan qabul diagnostika bo‘limi, Reanimatsiya bo‘limi, Terapiya bo‘limi – 40 o‘rin, Endokrinologiya bo‘limi-20 o‘rin, Xujalik xisobidagi reabilitasiya bo‘limi -30 o‘rin, Tug’ruq bo’limi-60 o‘rin, Genikologiya bo’limi – 15 ta, TQShO’QTIM — 50 o‘rin va Bolalar bo’limi-55 o‘rin laridan iborat.
Shavkat Mirziyoyev.
Birlashma belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Birlashma xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
qonunchilikka, Birlashma faoliyatining maqsadlari va predmetiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
Birlashma:
aholiga bepul asosda yuqori malakali konsultatsiya hamda davolash-profilaktik tibbiy yordam ko‘rsatishi;
bemorlarni zamonaviy talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika qilishi hamda davolashni ta’minlashi va rivojlantirishi;
Birlashma xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirishi;
Birlashma xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlashi, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va muayyan ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi;
Birlashmaning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan maqsadli foydalanishi, uning saqlanishini ta’minlashi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritishi shart.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore
G’uzor tuman tibbiyot birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yunalishlari to’g’risida"gi PF-3923 sonli Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil 02-oktabrdagi "Respublika tibbiyot muassasalari tashkil etishni takomillashtirish — chora-tadbirlari to’g’risida"gi PK-700— sonli qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2008yil 18.03dagi №48-sonli “Hududiy sog’liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faolyatini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muofiq markaziy tuman kasalxonasi, ko’p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi negizida tashkil etiladi.
(+021) 2336 278