G‘uzor tumanida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-markazi Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

1976-yilda tug‘ilgan bemor J.A. yo‘l-transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruvlarda o‘ng boldir suyagining ochiq, parchalangan sinishi, chap tizza qopqog‘ining parchalangan sinishi aniqlangan. Shundan so’ng bemorda «Chap tizza qopqog‘iga ochiq usulda MO‘SK» operatsiyasi va «O‘ng boldir suyaklariga Ilizarov apparati yordamida yopiq usulda MO‘SK» operatsiyasi amalga oshirildi. Ushbu amaliyot Respublika Shoshilinch tibbiy yordam […]
Gʻuzor tumanida bo`lib o`tgan Sayyor qabulda sog`liqni saqlashga oid 500 dan ortiq murojaat ko`rib chiqildi.

Shundan tibbiy-ko’rikka kelgan 415 nafar fuqaroga markaz shifokorlarining tavsiyalari berilib, 415 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. 👨⚕️ 5 nafar bemorga Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga, 8 nafar fuqaroga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, 1 nafar bemorga viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasiga va 2 nafar fuqaroga respublika darajasida bepul davolanish uchun yo’llanma […]
E’lon Hurmatli vohadoshlar!

Qashqadaryo viloyatida aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta bosqichida aniqlash va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida bepul tibbiy ko‘rik va maslahatlar o‘tkaziladi. 🩺 Ko‘riklar Shahrisabz shahridagi «Oqsaroy» klinikasining mobil diagnostika poliklinikasi (MSKT, UZI va boshqa zamonaviy uskunalar) hamda malakali shifokorlar ishtirokida amalga oshiriladi. 📅 Tibbiy ko‘riklar 29–30 sentyabr – Chiroqchi tumani 2–3 oktyabr – Qamashi tumani […]
Yangi mexanizm: Dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash yo‘lga qo‘yiladi

Xabar berganimizdek, Hukumat qarori bilan “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. ❓Tizim qay tartibda ishlaydi? 🖥 Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor ma’lumotlari tibbiyot tashkilotida joriy qilingan tibbiy axborot tizimiga kiritiladi hamda avtomatik tarzda “Elektron tibbiy karta” moduliga uzatiladi. 💻 Bemorga dori vositalari mazkur tibbiy axborot tizimida elektron […]
Maktab yoshidagi bolalarda ortiqcha vazn muammosi va uni qanday oldini olish mumkin?

Maktab davri — bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun juda muhim bosqich. Shu paytda noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetarli emasligi yoki shirinliklarga qattiq qiziqayotganlik ortiqcha vazn muammosini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat keyinchalik yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa muammolarga olib kelishi ehtimolli. Bolada ortiqcha vazn rivojlanayotganligini quyidagi belgilardan bilish mumkin: ⸻ 🤝 Ortiqcha […]
“EKOSAN” loyihasi orqali G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta’minlandi (https://t.me/qashqadaryo_ekosan_hayriya_fond/102?single)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan grant tanlovida g‘olib bo‘lgan “EKOSAN” ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondining Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan “Zamonaviy tibbiyot – xavfsiz hayot kafolati” nomli loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida G‘uzor tumani Xo‘jaguzar mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga tibbiy […]
“Eng faol bosh hamshira/feldsher” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan iyun oyida tashkil etilgan “Eng faol bosh hamshira/feldsher” online tanlovi bo‘lib o‘tgan edi. Natijalarga ko‘ra: 1-o‘rin — Norqulova Muhabbat, Qarshi tuman TTB bosh hamshirasi 2-o‘rin — Xusanova Nasiba, Qamashi tuman TTB bosh hamshirasi 3-o‘rin — Kenjayev To‘lqin, G‘uzor tuman TTB bosh feldsheri 🔹 4-o‘rin — Bemurodov Abdivali, Chiroqchi tuman […]
Shahrisabz tumanida 33-oilaviy poliklinika zamonaviy ko‘rinishda faoliyat boshladi

Shahrisabz tumanidagi 33-oilaviy poliklinika binosi to‘liq kapital ta’mirlanib, aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega muassasa sifatida qayta foydalanishga topshirildi. (https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi) 🗞1985-yilda qurilgan ushbu tibbiyot muassasasi tubdan rekonstruksiya qilinib, yangi jihozlar, shinam va qulay xizmat xonalari hamda zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlandi. Bugungi kunda poliklinika kuniga 150 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, 6 […]
«Tibbiyotda dolzarb 90 kunlik» doirasida..

Qashqadaryo viloyati tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda barcha davolash-profilaktika muassasalari kirish qismida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish maqsadida aniq ko‘rsatkichlar belgilandi va maxsus panduslar o‘rnatildi. Ushbu tadbirlar tibbiyot muassasalarida barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘liqni saqlash xizmatlaridan bemalol va navbatsiz foydalanishlarini ta’minlashga qaratilgan. Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash […]
Shahrisabzda zamonaviy xalqaro tibbiyot markazi ochildi

Shahrisabz shahrida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida barpo etilgan “Oq saroy” nomli zamonaviy ko‘p tarmoqli poliklinika o‘z faoliyatini boshladi. 12 million AQSH dollarilik ushbu yirik loyiha “SHAKHRISABZ MED CENTER” MChJ loyihasi va Rossiyaning “Cardiomed” MChJ o‘rtasidagi investitsiyaviy va texnik hamkorlik doirasida amalga oshirildi. Tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rasmiylar ham ishtirok etdi.