G'uzor shahri, O'zbekiston ko'chasi 87 uy

Our services

Laboratoriya

Zamonaviy biokimyo laboratoriyasi, Kyoln UniversitetiOlmoniya.

Laboratoriya (lot. laboratorium — „ishxona“) ilmiy tadqiqottajriba va oʻlchov oʻtkazish uchun moʻljallangan joy, obyektdir.

 

Bu atama bilan shuningdek jarayon yoki uskunalari ilmiy laboratoriyaga oʻxshash boshqa ishxonalar ham nomlanadi (masalan, fotolaboratoriyakomputer laboratoriyasi).

Laboratoriya (lot. laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, oʻquv yurti tarkibidagi ilmiy, ishlab chiqarish-nazorat tajribalari yoki oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki boʻlim, boʻlinma. Oliy oʻquv yurtlarida L. 3 turga ajratiladi: oʻquv L. (ayrim oʻquv fanlaridan) — talabalar bilan L. mashgʻulotlari olib boriladi; muammoli L. — asosiy fanlar boʻyicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha L. — xalq xoʻjaligining muayyan tarmogʻidagi dolzarb masalalar hal etiladi.

Muammoli va soha L.lari korxona, i.t. muassasalari va boshqa tashkilotlarda ham bor. Laboratoriya-nazorat L.lari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, ishlab chiqarishga oid tayin masalalarni tekshiradi. Mas, ishlab chiqarish xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish L. (z-dlarda), klinik L. (davolash muassasalarida), kriminalistik L. (tergov va sud organlarida), agronomik L. (qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida).[1]

Ilmiy laboratoriyalar maktab va universitetlardasanoatdadavlat yoki harbiy tashkilotlarda, kema yoki fazoviy kemalarda boʻlishi mumkin.

Onlayn murojaat

Tezkor qulay online murojaatlar bemorlar uchun

Call Us 75 551 10 21