G'uzor shahri, O'zbekiston ko'chasi 87 uy

Archives

Февраль 2023

So‘nggi yillarda G‘uzor tumanida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasida sezilarli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tuman aholisiga sifatli tibbiy xizmatni yaxshilash maqsadida «Darmon sifat» MCHJ shaklida tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikasi ish boshladi.

Xususiy klinikaning ochilishida tuman hokimi Bekzod Suyunov, keksa nuroniylar, aholi vakillari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Yangidan ish boshlagan klinikada laboratoriya, uzi apparatlari bo‘lib, fuqarolar fizioterapiya, massaj, ginekologiya, urolog, terapiya va nevropatolog kabi tibbiy xizmatlar orqali dardiga shifo topishadi.

«Ushbu 20 o‘rinli klinikani tashkil etishda «O‘zmilliybank» G‘uzor filialining 500 mln. so‘m kredit mablag‘i va 250 mln. so‘m o‘z mablag‘imiz sarflandi. Natijada 6 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Kelgusida 10, faoliyatimizni kengaytirish niyatidamiz».—deydi klinika rahbari Shahlo Xakimova.

Biroz avval,  tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonada aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida kutish joyi foydalanishga topshirildi.

Shundan so‘ng, tibbiyot xodimlarini salomatligi uchun tibbiyot birlashmaning jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yangi barpo etilgan futbol maydonchasi ham soha xodimlari ixtiyoriga topshirildi.

Shuningdek, ushbu sport maydonchasi atrofida tibbiyot xodimlari sportning shaxmat-shashka va boshqa turlari bilan sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari mumkin.

Onlayn murojaat

Tezkor qulay online murojaatlar bemorlar uchun

Call Us 75 551 10 21