“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi: 30 million so‘mdan 500 million so‘mgacha mukofotni qo‘lga kiriting!

👨⚕️ Bemorlaringiz sizga ishonch bilan qaraydimi? Kechalari uxlamay navbatchilik qilasizmi? Kasbingizni sevasizmi? Bemorlaringiz sog‘ayganida ich-ichingizdan quvonib ketasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun! Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini o‘tkazmoqda. 🏅 Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin: ⬇️ Respublika darajasida 🔴“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”; 🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”; 🔵“Eng […]
Reimbursatsiya: Aholiga 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilmoqda

🩺 Yurtimizda aholini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Xususan, Reimbursatsiya dasturiga kirgan arterial gipertoniya, yurak ishemik, qandli diabetning 2-turi, qandsiz diabet, bronxial astma va me’da-ichak tizimi xastaliklari kabi 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilayotganidan xabaringiz bor. 🏵 Ammo Reimbursatsiya dasturidan foydalanishni barcha yurtdoshlarimiz birdek yaxshi biladi, deb bo‘lmaydi. Shu bois uni […]
G‘UZOR TUMANIDA SAYYOR QABUL VA TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari G`uzor tumanining olis hududi hisoblangan “Obihayot” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tingladi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Shuningdek, aholi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, viloyatning ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalaridan jalb etilgan malakali shifokorlar tomonidan 314 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 🩺 […]
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya beriladi

Xabar berganimizdek, o‘tgan oyda Hukumat qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tomonidan sotib olinadigan uy-joy dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibiga doir tegishli nizom tasdiqlandi. ❓Xo‘sh, bu imkoniyatdan kimlar foydalana oladi? 💬 Ushbu imkoniyatdan davlat tibbiyot muassasalarida tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi sifatida ishlayotgan […]
Mirishkor, G’uzor va dehqonobodliklar uchun ajoyib yangilik!

29-30-31- iyul kunlari Qashqadaryoning eng yirik klinikasi — Javohir klinikasida Siz mutlaqo bepulga shifokorlar ko’rigidan o’tishingiz mumkin. Batafsil: 55 403 06 66 | 55 402 06 66. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat orqali kelishingiz so’rab qolinadi! 📍Manzil: Qarshi shahri, Javohir klinikasi. 📍Mo’ljal: Geolog stadioni ro’parasida.
“IT-operator-hamshira” ko‘rik tanlovi g’olibasi aniqlandi.

G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasida, birlamchi tibbiy sanitariya yordami xizmati markazlari bo‘yicha yilning eng yaxshi “IT-operator-hamshira” ko‘rik tanlovi 2026-yil 17 aprel kuni o‘tkazildi, tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi, test, amaliy keys shaklda. Tumanda 17 nafar IT xodimlari o‘rtasida1-bosqich g‘olibasi 41-OP IT hamshirasi Choriyeva Asila Mirzoxid qizi 104 ball bilan 1 o‘rinni egalladi.
Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi

Prezidentimizning 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida shu yil 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi belgilangan. 📌 Bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. 📋 Ushbu hujjat ijrosi doirasida kuni […]
G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ham hasharda faollik ko‘rsatmoqda

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq hayriya hashari doirasida G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi hamda unga qarashli davolash-profilaktika muassasalari jamoalari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol olib borilmoqda. Hashar davomida muassasalar hududlari tartibga keltirilib, tevarak-atrof tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, yo‘laklar oqlanib, hududlar yanada obod va ko‘rkam holga keltirildi. Bunday ezgu tadbirlar atrof-muhitni yanada obod […]
SSV: Vazirlik 2025-yilni ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritish bilan yakunlamoqda

✅ Avval xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatiga korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti (ISO 37001:2016) muvofiqlik sertifikati topshirildi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib bu standartning yangilangan versiyasi — ISO 37001:2025ni ham qo‘lga kiritdi. 📝 Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, “Huquqiy eksperiment” doirasida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan joriy yilda quyidagilar […]
G‘uzor tumanida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-markazi Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

1976-yilda tug‘ilgan bemor J.A. yo‘l-transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruvlarda o‘ng boldir suyagining ochiq, parchalangan sinishi, chap tizza qopqog‘ining parchalangan sinishi aniqlangan. Shundan so’ng bemorda «Chap tizza qopqog‘iga ochiq usulda MO‘SK» operatsiyasi va «O‘ng boldir suyaklariga Ilizarov apparati yordamida yopiq usulda MO‘SK» operatsiyasi amalga oshirildi. Ushbu amaliyot Respublika Shoshilinch tibbiy yordam […]