Shahrisabzda zamonaviy xalqaro tibbiyot markazi ochildi
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida barpo etilgan “Oq saroy” nomli zamonaviy ko‘p tarmoqli poliklinika o‘z faoliyatini boshladi.
12 million AQSH dollarilik ushbu yirik loyiha “SHAKHRISABZ MED CENTER” MChJ loyihasi va Rossiyaning “Cardiomed” MChJ o‘rtasidagi investitsiyaviy va texnik hamkorlik doirasida amalga oshirildi.
Tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rasmiylar ham ishtirok etdi.







