G'uzor shahri, O'zbekiston ko'chasi 87 uy

Archives

Июнь 2025

Shahrisabz tumanidagi 33-oilaviy poliklinika binosi to‘liq kapital ta’mirlanib, aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega muassasa sifatida qayta foydalanishga topshirildi. (https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi)

🗞1985-yilda qurilgan ushbu tibbiyot muassasasi tubdan rekonstruksiya qilinib, yangi jihozlar, shinam va qulay xizmat xonalari hamda zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlandi. Bugungi kunda poliklinika kuniga 150 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, 6 ta mahallada yashovchi 18 900 aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda tuman hokimligi va sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari, mahalla faollari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar poliklinikada tibbiy xizmatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, aholining salomatligini yanada yaxshilashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

 

Qashqadaryo viloyati tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda barcha davolash-profilaktika muassasalari kirish qismida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish maqsadida aniq ko‘rsatkichlar belgilandi va maxsus panduslar o‘rnatildi.

Ushbu tadbirlar tibbiyot muassasalarida barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘liqni saqlash xizmatlaridan bemalol va navbatsiz foydalanishlarini ta’minlashga qaratilgan.

 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni
saqlash boshqarmasi axborot xizmati

Onlayn murojaat

Tezkor qulay online murojaatlar bemorlar uchun

Call Us 75 551 10 21