Manzil

O’zbekiston ko’chasi 87 uy

Telefon

+9989 (75)552-10-21

Shahrisabzda zamonaviy xalqaro tibbiyot markazi ochildi

Shahrisabz shahrida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida barpo etilgan “Oq saroy” nomli zamonaviy ko‘p tarmoqli poliklinika o‘z faoliyatini boshladi. 12 million AQSH dollarilik ushbu yirik loyiha “SHAKHRISABZ MED CENTER” MChJ loyihasi va Rossiyaning “Cardiomed” MChJ o‘rtasidagi investitsiyaviy va texnik hamkorlik doirasida amalga oshirildi. Tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rasmiylar ham ishtirok etdi.

Tibbiyotni raqamlashtirishda Qashqadaryodagi holat tahlili

Barcha sohalar qatorida tibbiyot tizimini raqamlashtirish bugungi kun talabi. Shu bois mamlakatimizda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni chog‘da bu jarayonlar mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, chuqur tahlil qilib borilayotir. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligi zalida videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi soha rahbarlari ishtirokida ayni shu masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Tadbirda, […]

Qashqadaryo viloyatida 22 nafar IT hamshiralari mehnatlari yuqori baholanib, vazir sovg’asi bilan taqdirlanishdi.

Qashqadaryo viloyatida 22 nafar IT hamshiralari mehnatlari yuqori baholanib, vazir sovg’asi bilan taqdirlanishdi. Kuni kecha vazirning raqamlashtriish bo‘yicha o’rinbosari O.Omonov va sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Boboyevlar soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ana shu IT hamshiralarga sovg‘alarni topshirdi. Viloyatda hozirgi kunda 325 nafar IT operator va hamshiralar faoliyat yurib kelmoqda. Ular tibbiyotni raqamlashtirish, elektron dasturlar bilan […]

Kengaytirilgan hay‘at yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida viloyatdagi davolash profilaktika muassasalari, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’sullari hamda davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi viloyat bo‘limi ma‘sullari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Boshqarma boshlig‘i A.Boboyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi hay‘at yig‘lishida berilgan topshiriqlarning bajarilishini nazoratga olish, Vazirlar Mahkamasining 619-sonli qarori, sog‘liqni saqlash vazirligining […]

Viloyatimizdagi tibbiyot fidoyilari taqdirlanishdi

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan sohadagi ko’p yillik samarali mehnatlari va erishgan yutuqlarini inobatga olgan holda G’uzor tumani Qovchin oilaviy shifokorlik punkti mudirasi Ujarova Dilbar Xurramovna va Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi laboratoriya bo’limi katta laboranti Musayeva Quzioy Bo’riyevnalar tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Sog’liqni saqlash vazirligida sohadagi ustuvor vazifalar ijrosiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tmoqda

Unda vazirlik Markaziy apparati xodimlari, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari va tibbiyot oliy o’quv yurtlari rahbarlari, joylardagi studiyalardan barcha hududiy boshqarmalar hamda tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari, shuningdek O’zbekiston hisob palatasi mas’ul xodimi ishtirok etyapti. Yig’ilishda Sog’liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarovning joriy yil birinchi yarim yilligida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Namangan, Jizzax, Samarqand, Farg’ona, Surxondaryo va Qashqadaryo […]

Hududlardagi kompleks o‘rganishlar yana davom ettirilmoqda.

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida Prezidentimiz qaror va farmonlari ijrosi, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, tibbiy brigadalar faoliyati, skrining va profilaktik ko‘riklar, statsionar va kunduzgi bo‘limlarda davolash-tashxislash ishlari SSVning amaldagi klinik protokollari asosida olib borilganligi, elektron tizimda ishlash, dorixona faoliyati, kadrlar ta’minoti, qurilish-ta’mirlash va moliyaviy-xo‘jalik ishlari holatlarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh […]